19:08 / 07.08.2024
430

“Tolibon” Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston bilan chegaralarni qayta belgilamoqchi

“Tolibon” Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston bilan chegaralarni qayta belgilamoqchi
Foto: “Kommersant”
Afg‘oniston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi chegaralarni suv toshqinlari yuvib ketgani sababli ular qayta aniqlanadi. Bu haqda “Tolibon” hukumati energetika va suv resurslari vaziri Abdul Latif Mansur ma’lum qildi.

"Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston bilan chegaralarimiz suv toshqinlari tufayli yuvilib ketdi. Biz avvalgi chegaralarni aniqlash bo‘yicha muhim ishlarni amalga oshirmoqdamiz va 20 kun avval oliy rahbarimiz bilan bu masalani muhokama qilgan edik", deydi Mansur.

Unga ko‘ra, chegarani delimitatsiya qilish seldan jabr ko‘rgan Afg‘oniston, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi chegaralarni aniqlash bo‘yicha yangi strategiyaga muvofiq amalga oshiriladi. Afg‘onistonning qo‘shnilari bu haqda xabardor qilinganmi yoki yo‘qmi, noma’lum.

Mansurning aytishicha, “Tolibon” rahbari amir Haybatulloh Oxundzoda nomidan ishlab chiqilgan reja ichki ishlar, tashqi ishlar, mudofaa vazirliklari va razvedka bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Energetika vazirligi rahbari tilga olingan strategiya tafsilotlarini oshkor qilmagan.

Vazirlik vakillari Afg‘onistonning suv resurslarini boshqarish mintaqadagi hech bir davlatga zarar keltirmasligini ta’kidlagan.

"Hech bir harakatimiz bilan qo‘shnilarimizga zarar yetkazish niyatida emasmiz. Biz qo‘shnilar zarariga o‘zimizning haq-ulushimizdan ko‘proq suv ishlatmadik va bunday qilmoqchi ham emasmiz", deydi Afg‘oniston Energetika vazirligining katta maslahatchisi Faruk A’zam.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston, O‘zbekiston va qisman Turkmanistonning Afg‘oniston bilan chegaralari Amudaryo tubi bo‘ylab o‘tadi. Uch respublikadan Tojikiston bilan chegara eng uzun — 1344 km ni tashkil etadi.

Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng “Tolibon” Amudaryodan boshlanuvchi Qo‘shtepa irrigatsiya kanali qurilishini boshlagan va loyiha yakunlangach, Afg‘onistonning shimolidagi uchta viloyat — Farob, Balx va Jauzjon yerlarini suv bilan ta’minlashi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Tolibon” Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston bilan chegaralarni qayta belgilamoqchi