Foto: Google Images
Isroil armiyasi ham mudofaa, ham hujum harakatlariga tayyor. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi.
“Biz mudofaaga ham, hujumga ham tayyormiz. Biz dushmanlarimizga zarba beryapmiz va o‘zimizni himoya qila olishimizga ham ishonchimiz komil”, dedi u Tel-Aviv chekkasidagi Tel-Hashomer harbiy bazasiga tashrifi chog‘idagi chiqishida.
Avvalroq Al Arabiya telekanali Eron va Livanning “Hizbulloh” harakati HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning o‘ldirilishiga javob tariqasida 8—9 avgust kunlari Isroilga zarba berishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Shuningdek, Eronning nishonlari Quddus va Tel-Avivdagi hukumat binolari, jumladan, bosh vazir Binyamin Netanyaxu idorasi va parlament binosi bo‘lishi mumkinligi xabar berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi
Isroil va HAMAS Gʻazo boʻyicha kelishuvga erishdi
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi
Ukraina chegarachilari guruhi Rossiyaga taslim boʻldi