Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
Afg‘onistonda 7 avgust kuni tiklangan Naibobod temir yo‘l stansiyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tiklash ishlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzel va Sogdiana Trans bilan hamkorlikda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirildi.
Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
Ochilish marosimi davomida Naibobod stansiyasiga birinchi yuk vagonlari keldi, bu esa mintaqaning transport infratuzilmasini rivojlantirishda yangi bosqichning boshlanishini anglatadi.
Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan mamlakat Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan o‘z hududidan o‘tadigan avtomobil va temir yo‘l yo‘nalishlari orqali bog‘lashda muhim rol o‘ynaydi. Shu nuqtayi nazardan, O‘zbek temir yo‘l mutaxassislari tomonidan tiklangan Naibobod stansiyasi Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy va Yevropa mamlakatlaridan Afg‘oniston orqali Pokiston, Hindiston va boshqa Janubiy Osiyo mamlakatlariga yuklarni tashish uchun muhim markaz bo‘ladi.
Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
Mozori Sharif – Kobul – Xarlachi yo‘nalishi bo‘ylab Transafg‘on temir yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirishni jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu loyiha mintaqadagi logistika aloqalarini sezilarli darajada yaxshilash va savdo-iqtisodiy hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratishga va’da beradi.
Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
Afg‘oniston tomoni o‘zbekistonlik hamkasblariga 75 kilometr uzunlikdagi temir yo‘l liniyasi va Naibobod stansiyasidagi ta’mirlash-tiklash ishlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Ikkala tomon ham barcha ishtirokchilar uchun o‘zaro manfaatli bo‘ladigan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdorligini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» klubi egasi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi
Isroil va HAMAS Gʻazo boʻyicha kelishuvga erishdi
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi