AQSh prezidenti Barak Obama Demokratlar partiyasidan mamlakat prezidentligi uchun nomzod Hillari Klintonni uning aqli, kuchi va qat’iyatli fikri uchun olqishlagan.
Ayni chog‘da, Obama «boshqa nomzod» — respublikachi Donald Trampni tanqid qilgan. Obamaning fikricha, Tramp prezident bo‘lishga noloyiqdir. Bundan tashqari, u davlat rahbari lavozimida turli xil murakkab vazifalarni hal etish uchun o‘z salohiyatini rivojlantirishni xohlamaydi, deb xabar qilmoqda "Kun" nashri.
Qayd etilishicha, Obama taniqli restorator Denni Meyer tomonidan uyushtirilgan xayriya kechki nonushtasi chog‘ida shunday fikrlarni bildirgan.
Xabarda aytilishicha, marosimda qatnashgan 65 nafar mehmonning har biri chipta uchun 25 ming dollardan to‘lagan.
Kechadan tushgan mablag‘lar Demokratik partiya milliy qo‘mitasiga topshiriladi va Klinton saylovoldi kampaniyasiga yo‘naltiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi