Foto: Google Images
Serbiya prezident Aleksandr Vuchich Rossiyaning rasmiy kanallari orqali mamlakatda kutilayotgan ommaviy tartibsizliklar haqida xabardor qilinganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, provokatsiyadan maqsad Serbiyada davlat to‘ntarishini amalga oshirishdir.
“Bugun biz Rossiya Federatsiyasidan rasmiy ma’lumot oldik. Ma’lumotlar rasmiy kanallar orqali olingan, biz uni o‘rganyapmiz. Xavfsizlik va Axborot Agentligi bunga mas’uldir. Serbiya hukumatida va boshqa barcha joylarda bunga mas’ul odamlar o‘z vazifalarini bajarmoqda”, dedi Vuchich jurnalistlar bilan suhbatda.
8 avgust kuni Serbiyaning “Vecernje Novosti” gazetasi Serbiyadagi g‘arbparast muxolifat vakillari 10 avgust kuni Belgradda o‘tkazilishi rejalashtirilgan norozilik namoyishlaridan prezident saroyini egallab olish uchun foydalanmoqchiligi haqida xabar berdi. Shuningdek, ular Aleksandr Vuchichga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi
Ukraina chegarachilari guruhi Rossiyaga taslim boʻldi
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: qurbonlar soni 25 kishiga etdi
Moskva markazida FSB aksilrazvedka xodimi otib ketildi
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr