18:36 / 10.08.2024
266

Ukraina harbiy dronlari Belarus havo hududini buzib kirdi

Ukraina harbiy dronlari Belarus havo hududini buzib kirdi
Foto: “BelTA”
Ukraina harbiy dronlari 9 avgust tunida Belarus havo hududini buzib kirib, qator obyektlarga hujum uyushtirishga uringan. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko bergan ma’lumotga asoslanib, “BelTA” nashri xabar berdi.

Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko 10 avgust kuni Shklov tumaniga ish safari chog‘ida mamlakat havo hududiga kirib kelgan ukrain dronlari yo‘q qilinganini aytib o‘tgan. Ushbu ko‘rinishdagi havo hujumi Belarusdan tashqari Rossiyaning janubi-g‘arbiy qismlarida ham kuzatilgan.

Kecha soat 18:10 da Belarus harbiy-havo kuchlari shay holatga keltirildi. Biz buni birinchi raqamli tayyorlik deb ataymiz. Gap shundaki, Ukraina qurolli kuchlari barcha qoidalarni buzib, Belarus havo hududiga kirdi. Bu sharqiy yo‘nalishda, Kostyukovichi tumani yaqinida sodir bo‘ldi”, degan Lukashenko.

Belarus harbiylari tunda favqulodda shaylik signali tarqatib, qiruvchi samolyotlar va harbiy vertolyotlarni chegaraga yuborgan. Harbiy inshootlar va korxonalar zudlik bilan mudofaa rejimiga o‘tkazilgan.

Havo hujumidan mudofaa kuchlari Belarus osmonida bir nechta dronlarni yo‘q qildi. Vayron bo‘lgan uchar qurilmalarni qidirish ishlari olib borilmoqda. Urib tushirilgan obyektlar hujum dronlari bo‘lgan va ular Ukrainadan uchib kelgan. Bir nechta dronlar Belarus orqali Rossiya hududiga o‘tib ketgan”, deyiladi Belarus rahbari bayonotida.

Rossiya hududiga o‘tgan dronlar Yaroslavl va Smolensk osmonida urib tushirilgan. Belarus hududida ham, Rossiyada ham hujumga uchragan obyektlar, jarohatlangan yoki halok bo‘lgan fuqarolar haqida hozircha ma’lumot mavjud emas.

Aleksandr Lukashenko Belarus Mudofaa vazirligi va Qurolli kuchlari bosh shtabiga davlat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish topshirilganini aytgan. Harbiy inshootlarni himoya qilish bo‘yicha alohida muhim vazifalar tayinlangan.

Ukrainaga bu harakat nima uchun kerakligini tushunmayapman. Biz buning tagiga yetishimiz kerak. Avval ham aytganimdek, bizga qarshi provokatsiyalar aslo javobsiz qoldirilmaydi”, degan Aleksandr Lukashenko.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina harbiy dronlari Belarus havo hududini buzib kirdi