17:30 / 11.08.2024
160

Oliy Rada: Zelenskiy NATOni Rossiya bilan ziddiyatga tortishga urinmoqda

Oliy Rada: Zelenskiy NATOni Rossiya bilan ziddiyatga tortishga urinmoqda
Foto: Reuters
Vladimir Zelenskiy o‘z hayotini saqlab qolish maqsadida NATOni Rossiya bilan ziddiyatga tortishga harakat qilmoqda, deya Ukraina armiyasining Kursk viloyatiga hujumi fonida Oliy Rada deputati Aleksandr Dubinskiy fikr bildirdi.

Aftidan, Zelenskiyning idorasi bu sarguzasht nima uchun ekanligini va bu nimaga olib kelishini bilishmaydi, shuning uchun u yerda jim turishipti, deya Dubinskiy 2022 yildan beri davom etayotgan mojaro paytida “budjetlar nokaut qilingan, harbiy va siyosiy yordam ko‘rsatilgan"ini yozgan.

Deputatning fikricha, Ukrainaning Kursk viloyatiga qilgan hujumlaridan so‘ng G‘arb yordami “Rossiya hududini qo‘lga kiritish” yordamiga aylanmoqda.

"Zelenskiyning omon qolish maqsadi Rossiya-Ukraina urushini Rossiya-NATO urushiga aylantirishdan iborat", deydi Dubinskiy.

Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov 6 avgust kuni Ukraina Qurolli kuchlarining ming kishigacha bo‘lgan bo‘linmalari Kursk viloyatidagi hududlarni egallab olish maqsadida hujumga o‘tganini ma’lum qilgandi. Uning qayd etishicha, ukrain harbiylarining Rossiya hududiga chuqurroq kirib borishi to‘xtatilgan.

Shuningdek, u Kursk viloyatidagi operatsiya dushmanning mag‘lubiyati bilan yakunlanishini ta’kidlagan. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Kursk yo‘nalishida jangovar harakatlar boshlanganidan beri Ukraina tomoni 945 nafargacha harbiy xizmatchi va 102 ta bronetexnikani, shu jumladan, 12 ta tankini yo‘qotgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kursk viloyatidagi vaziyatni izohlar ekan, Kiyev rejimi navbatdagi keng ko‘lamli provokatsiyaga qo‘l urganini aytgan. Rossiya Tergov qo‘mitasining rasmiy vakili Svetlana Petrenko Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi chegara hududiga hujumidan so‘ng terrorchilik hujumi va qotilliklar bo‘yicha ishlar ochilganini ma’lum qilgan. Rossiyalik tergovchilar mintaqadagi tinch aholi manzillariga zarba berish buyrug‘ini bergan va bajargan ukrainalik harbiylarning shaxsini aniqlamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oliy Rada: Zelenskiy NATOni Rossiya bilan ziddiyatga tortishga urinmoqda