Foto: topwar
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z videomurojaatida birinchi marta mamlakat qurolli kuchlarining Rossiyaning Kursk viloyatidagi hujumi haqida ochiqchasiga izoh berdi.
U, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy unga “urushning tajovuzkorning hududiga o‘tkazilishi” haqida ma’lum qilganini aytgan.
Zelenskiyga ko‘ra, bunday harakatlar Kiyevning “adolatni tiklash” va Rossiyaga kerakli bosim o‘tkazish qobiliyatini isbotlaydi. Shu bilan birga, Zelenskiy Ukraina QK bo‘linmalarining Kursk viloyatidagi hozirgi holati va Ukraina harbiylarining keyingi rejalari haqida hech qanday ma’lumot bermagan.
Ukraina armiyasi 2024 yil 6 avgustdan buyon Kursk viloyatida harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi va Rossiya targ‘ibot-tashviqoti Telegram-kanallari xabarlariga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari Rossiya chegarasi hududining bir qismini qo‘lga olib, bir necha o‘nlab kilometr ichkari tomon yurgan. Korenevskiy va Sudja tumanlarida janglar ketmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi hisobotida aytilishicha, Rossiya armiyasi 24 soat davomida Ukraina qo‘shinlarining Kursk viloyatiga chuqur kirib borishga urinishlarini to‘xtatgan. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina armiyasining Kursk viloyatiga hujum boshlanganidan beri yo‘qotishlari 1120 nafargacha harbiy xizmatchi va 140 ta zirhli texnikani tashkil etgan.
"Ukrainaning to‘rt kunlik hujumi davomida 16 mingdan ortiq odam o‘z uyini tark etdi", dedi Kursk meri Igor Kutsak.
Ijtimoiy tarmoqlarda viloyat aholisi evakuatsiya ishlari yomon tashkil etilgani va mahalliy hokimiyat organlarining harakatsizligidan shikoyat qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr
Jahonning eng boy uch kishisi Donald Trampning inauguratsiyasida mehmon boʻladi
AQSh va Armaniston strategik hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldi
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi
Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan oʻzbekistonliklar 6 nafarga etdi
Taniqli bloger TikTokni sotib olmoqchi(mi?)