17:20 / 13.08.2024
227

Turkiyada qo‘lga olingan yana bir ayol O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Turkiyada qo‘lga olingan yana bir ayol O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
Foto: O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi
Turkiyada qo‘lga olingan qidiruvdagi o‘zbekistonlik ayol mamlakatga deportatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, u 1987 yilda tug‘ilgan Barno Inoyatova (taxallusi Bonu) bo‘lib, firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, 2024 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan. Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Istanbul shahrida qo‘lga olingan ayol 12 avgust kuni bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so‘raldi.

Bosh konsulxona so‘nggi vaqtlarda firibgarlik sodir etilishi holatlari yuzasidan kelayotgan murojaatlar soni ortganini inobatga olib, fuqarolardan ularga aldanib qolishdan ogoh bo‘lishga chaqirdi.

Bundan avval avtomobil oldi-sotdisidagi firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak Turkiyada ushlangandi. O‘zbekiston davlat budjetiga 12 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazgan shaxs Qirg‘izistonda qo‘lga olingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo