Foto: Reuters
Rossiyadagi 74 ta aholi punkti Ukraina harbiylari nazoratida, deb xabar berdi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.
«Murakkab, shiddatli janglarga qaramay, bizning kuchlarimiz Kursk viloyatida oldinga siljishda davom etmoqda va «almashuv fondimiz» o‘sib boryapti», dedi Zelenskiy.
Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bosib olingan hududlarda «gumanitar yechimlarni ishlab chiqish davom etmoqda». U aholi punktlarida qancha tinch aholi qolganiga aniqlik kiritmadi.
Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov 12 avgust kuni prezident Vladimir Putin bilan uchrashuvda Ukraina qurolli kuchlari 28 ta aholi punktini egallab olganini aytdi. Keyinroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina qo‘shinlarining mintaqada boshqa oldinga siljish imkoniyati yo‘qligini da’vo qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Amerika bema'nilik, ochkoʻzlik va ikkiyuzlamachilik olovida yonmoqda
Turkiyada besh nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
Tramp Netanyaxudan Gʻazo boʻyicha kelishuvni inauguratsiyagacha tuzishni talab qilmoqda
Lavrovning asosiy fikrlari: Ukraina boʻyicha tashabbus, NATO va'dasi, Putin va Tramp uchrashuvi
Mark Ryutte: “Evropa mudofaa xarajatlarini oshirmasa, rus tilini oʻrganishga majbur boʻladi”