247
Ukraina armiyasi Donbassdagi razvedka operatsiyalarida robot itlardan foydalanishni boshladi
Foto: Topwar
Ukraina armiyasi Donbassdagi ayg‘oqchilik operatsiyalarida robot-itlardan foydalanishni boshladi. Bu haqda Topwar xabar berdi.
Manbada aytilishicha, razvedka uchun dronlardan foydalanish xavfli tus ola boshlagan. Rus bo‘linmalari dronlarni tutib olish tizimlari bilan ta’minlangan, bu esa uchar qurilmalar vositasidagi razvedka operatsiyalarini yo‘qqa chiqargan.
Endilikda Kiyev kuchlari sharqdagi armiya ixtiyoriga Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan robot itlarni topshirgan. Bu qurilmalar Germaniyada ishlab chiqarilgan antitermal tasvirli kamuflyaj bilan jihozlangan bo‘lib, dushman e’tiboriga tushmay harakatlana oladi.
Robotlar Britaniyaning Brit Alliance kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. BAD.2 deb nomlangan mexanik it dronlar uchun imkonsiz bo‘lgan bir qator murakkab yer operatsiyalarida qatnasha oladi.
Robot it binolar va harbiy okoplarga kira oladi, harbiy kuchlar yo‘lida joylashtirilgan tuzoqlar va bombalarni aniqlay oladi. U ,shuningdek, dushman pozitsiyalarining yuqori aniqlikdagi tasvirini ham uzata oladi.
Mutaxassislar ma’lum qilishicha, robot it bir quvvatlanishda besh soatgacha ishlay oladi. Qurilma ,shuningdek, 3,5 kilometr radiusdagi vazifalarni bajarishga qodir.Qurilmaning yerdagi maksimal tezligi 15 kilometr soatga yetishi mumkin.
Brit Alliance rahbari Kayl Torbernning aytishicha, yuqorida tilga olingan robot-itlar “jonli” razvedkachilar orasidagi yo‘qotishlarni sezilarli darajada kamaytirgan, chunki ular frontda odamlar o‘rnini bosuvchi tegishli vazifalarni samarali bajara olgan.
Bunday turdagi bitta razvedka qurilmasining narxi konfiguratsiyaga qarab 4 dan 8 ming yevrogacha bo‘lishi aytilgan. Hozirda Ukraina kuchlari qo‘l ostida robot itlardan 30 tasi mavjud ekani xabar qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy TikTok’ni Ilon Maskka sotishi mumkin
Toshkent Prezident maktabi oʻquvchilari BAAda nufuzli sovrinni qoʻlga kiritdi (video)
Ukraina dronlari va raketalari Rossiyaning uch hududiga hujum qildi
AQSh Grenlandiyani sotib olish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqdi
Jo Bayden yakuniy nutqida nimalar dedi?
Slovakiya bosh vaziri Zelenskiyni gaz tranziti boʻyicha muzokaralarga taklif qildi