Foto: Reuters
Yaqinda AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampning Ilon Maskga bergan intervyusi Yevropani jiddiy xavotirga soldi. Bu haqda Britaniyaning Financial Times nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Yevropaning xavotiriga Mask va Yevroittifoq o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab bo‘lgan, shu sababli assotsiatsiya dezinformatsiya masalalarida X'ni nazorat qilish qobiliyatiga shubha qilgan.
Jurnalistlarning ta’kidlashicha, amerikalik tadbirkor moderatorlar sonini kamaytirish, avval bloklangan akkauntlarni tiklash va o‘zining ochiq nashrlari chastotasini oshirishdan keyin ushbu muammoga e’tibor qaratgan.
Xabarda qayd etilishicha, agar Tesla rahbarining ijtimoiy tarmog‘i “jiddiy zarar yetkazishda” davom etsa, YEI platformaga kirishni cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak. Biroq, jurnalistlarning ta’kidlashicha, yevropalik siyosatchilar Maskga qarshi chiqishga tayyormi yoki yo‘qmi, hozircha noaniq.
Maskning Tramp bilan suhbati 13 avgustga o‘tar kechasi efirga uzatilgan edi.
Intervyu ikki taniqli shaxsning bir-biriga uzundan uzoq maqtovlari bilan boshlangan. Suhbat avvalida Ilon Mask Trampni suiqasd paytida ko‘rsatgan irodasi uchun “jasoratli” shaxs deb atagan.
Suhbat davomida xalqaro siyosat, saylov kampaniyasi va prezidentlikka nomzodning shaxsiy hayotiga daxldor ko‘plab masalalar ko‘rilgan. Trampning sodir bo‘layotgan voqealarga munosabatini bilishga harakat qilingan.
Tramp agar saylovda g‘alaba qozonsa, Putin bilan til topishishga umid qilayotganini aytgan. Bu Moskva uchun ham, Vashington uchun ham eng manfaatli qaror bo‘lishi aytilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy TikTok’ni Ilon Maskka sotishi mumkin
Toshkent Prezident maktabi oʻquvchilari BAAda nufuzli sovrinni qoʻlga kiritdi (video)
Ukraina dronlari va raketalari Rossiyaning uch hududiga hujum qildi
AQSh Grenlandiyani sotib olish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqdi
Jo Bayden yakuniy nutqida nimalar dedi?
Slovakiya bosh vaziri Zelenskiyni gaz tranziti boʻyicha muzokaralarga taklif qildi