2024 yil butun dunyo bo‘ylab qayd etilgan maksimal haroratli kunlar soni bo‘yicha rekord yil bo‘ldi. Maksimal havo harorati dunyoning 15 ta davlatida qayd etilgan. Bu haqda Britaniyaning The Guardian gazetasi iqlimshunos Maksimilano Erreraga tayanib xabar berdi.
“Ushbu ekstremal issiqlik hodisalari soni 2024 yilning fevralidan iyuligacha bo‘lgan davrda barcha statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha rekord darajada bo‘ldi”, dedi u nashrga bergan intervyusida.
Yil boshidan buyon dunyoning 15 ta davlatida eng yuqori harorat qayd etildi, turli mamlakatlarda esa 130 oylik issiqlik rekordlari yangilandi. Jumladan, gazetaning qayd etishicha, joriy yilda Meksikada maksimal harorat Selsiy bo‘yicha 52 daraja, Misrda 50,9 daraja bo‘lgan, Malida esa havo harorati 48,5 darajaga yetgan.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, avvalgi haddan tashqari issiq haroratlar inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan global isish va El-Nino tabiat hodisasi – Tinch okeanidagi suvning yuqori qatlamining keskin isishi ta’siridan kelib chiqqan. Bu yil El-Nino effekti o‘z kuchini yo‘qotmoqda, ammo shunga qaramay, harorat rekordlari soni faqat oshdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaponiyada kuchli zilzila sodir boʻldi
Xitoy TikTok’ni Ilon Maskka sotishi mumkin
Toshkent Prezident maktabi oʻquvchilari BAAda nufuzli sovrinni qoʻlga kiritdi (video)
Ukraina dronlari va raketalari Rossiyaning uch hududiga hujum qildi
AQSh Grenlandiyani sotib olish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqdi
Jo Bayden yakuniy nutqida nimalar dedi?