17:23 / 15.08.2024
334

Zelenskiy Kurskdagi vaziyatga izoh berdi

Zelenskiy Kurskdagi vaziyatga izoh berdi
Foto: Associated Press
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kursk operatsiyasi qanday kechayotganiga izoh berib, yangi siljishlar borligini va armiya o‘z maqsadiga erishayotganini aytdi. Bu haqda u videomurojaatida ma’lum qildi.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy unga frontdagi vaziyat va Kursk viloyatidagi operatsiya haqida ma’lumot bergan.

Bugungi kunda Kursk viloyatida oldinga siljish yaxshi — strategik maqsadimizga erishmoqdamiz. Davlatimiz uchun ayirboshlash fondi ham sezilarli darajada to‘ldirildi”, deydi siyosatchi.

Ukraina prezidenti yordam paketlaridan harbiylar uchun Donetsk yo‘nalishlariga hujumdan tashqari qo‘shimcha qurollar yuborilishiga kelishib olinganini aytdi.

Men Rossiyaning bosimiga bardosh berayotgan, davlatimizni himoya qilayotgan barcha jangchilarimizga — har bir askarimizga, har bir serjantimizga, har bir ofitserimizga minnatdorlik bildiraman”, deydi u.

Zelenskiy Kursk viloyatidagi harakatlar bo‘yicha Ukraina qoidalarga ko‘ra jang qilayotgani va hududdagi mavjud gumanitar ehtiyojlar ta’minlanishi kerakligini ta’kidladi.

Rossiya aerodromlariga aniq, o‘z vaqtida va samarali zarbalar uchun tashakkur. Bizning dronlar keragidek ishlamoqda. Lekin dronlar bilangina hal bo‘lmas masalalar ham bor. Afsuski, boshqa qurollar - raketalar kerak. Hamkorlarimiz bilan Ukraina uchun uzoqni ko‘zlovchi yechimlar bo‘yicha ishlashni davom ettiramiz, chunki bu g‘alabamiz uchun”, deydi Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hamkorlarning qarorlari qanchalik dadil bo‘lsa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin shunchalik kam ish qila oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Kurskdagi vaziyatga izoh berdi
ePN