23:24 / 15.08.2024
159

Kurskdagi rossiyaliklarga evakuatsiya taklifi berildi

Kurskdagi rossiyaliklarga evakuatsiya taklifi berildi
Foto: TASS
Kiyevda Kursk viloyatining tinch aholisiga Ukrainaning Sumi viloyatiga evakuatsiya qilinish taklifi bildirildi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Irina Vereshuk bayonotida so‘z boradi.

«Hozirda harbiylar bilan Kursk viloyatidan Sumigacha tinch aholi uchun gumanitar koridorni tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdamiz», — deb yozadi Vereshuk o‘zining Telegram kanaliga.

Shuningdek, bosh vazir o‘rinbosari Rossiya fuqarolari agar xohlasa RF tomonga evakuatsiya qilinishlari mumkinligini aytdi, ammo buning uchun Rossiya tomonidan tegishli tartibda rasmiy so‘rov kelishi kerak. «Ayni vaqtga qadar bunday so‘rov kelgani yo‘q», — deydi u.

Kuni kecha Irina Vereshuk Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) egallab olingan Rossiya hududlarida fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun «gumanitar operatsiyalar» o‘tkazishini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «gumanitar vaziyatni tartibga solish» maqsadida xalqaro gumanitar tashkilotlar kirishini tashkil etish ham rejalashtirilgan.

UQK tomonidan 6 avgust tongida Kursk viloyatiga boshlangan hujum natijasida 1150 kvadrat kilometr hudud va 82 ta aholi punkti nazorat ostiga olingan. Taqqoslash uchun, Ryazan maydoni 224 kvadrat kilometrni, Novosibirsk esa 502 kvadrat kilometrni tashkil etadi.

Hozirda ukrainaliklar tomonidan egallagan hududda qancha fuqaro qolayotganini aytish mushkul. Ammo Sudjada tasvirlangan olingan TCH telekanali reportajida aytilishicha, ushbu shaharda 100 ga yaqin odam yerto‘lalarda yashirinmoqda.

Rossiya hukumati o‘z navbatida Kurks viloyati aholisi evakuatsiya qilishini e’lon qildi. Ularning rejasiga ko‘ra, 180 ming odam — viloyat aholisining 20 foizi xavfsiz joyga ko‘chiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kurskdagi rossiyaliklarga evakuatsiya taklifi berildi