07:00 / 17.08.2024
103

Qatardagi G‘azo bo‘yicha sammit natijalari: AQSH yana yangi taklif kiritdi

Qatardagi G‘azo bo‘yicha sammit natijalari: AQSH yana yangi taklif kiritdi
Foto: PBS news
Qatarda Isroil va HAMAS o‘rtasida almashinuv bitimi bo‘yicha muzokaralar raundi yakunlandi.

Misr prezidentlik idorasi muzokarachilar belgilangan shartlarga muvofiq o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun kelasi hafta oxirida yana uchrashishini aytgan.

Muzokaralarda vositachi bo‘lgan Qatar, AQSH va Misr tomonidan e’lon qilingan qo‘shma yakuniy bayonotga ko‘ra, Amerika tomoni o‘tgan haftalar davomida erishilgan kelishuvlarga asoslanib, tomonlar kelishuvni tezda amalga oshirishi uchun yangi taklif kiritgan.

Bayonotda aytilishicha, muzokaralar jiddiy va ijobiy muhitda o‘tgan. Vositachilarning so‘zlariga ko‘ra, “yaqin kunlarda o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi tafsilotlari, jumladan, G‘azodagi isroillik garovga olinganlar va Isroildagi falastinlik mahbuslar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha professional ishlar davom etadi”. Kelgusi hafta oxirida tomonlar “o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun” bu safar Qohirada uchrashadi.

Vositachilarning ta’kidlashicha, “vaqtni behuda o‘tkazishga va kechiktirishga hech qanday bahona yo‘q”.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi Qatardagi sammit natijalariga javoban quyidagi xabarni e’lon qilgan:

Isroil AQSH va vositachilarning HAMAS bilan asirlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishish borasidagi sa’y-harakatlarini qadrlaydi. Isroil vositachilarning bosimi HAMASni 27 may tamoyillarini qabul qilishga ko‘ndirishiga ishonadi, shunda kelishuv amalga oshiriladi.”

HAMASdagi manba Qatarning Al Jazeera'ga bergan intervyusida “vositachilarning sammit yakunlari haqidagi hisobotiga ko‘ra, muzokaralar natijalari 2 iyulda kelishilgan shartlarga mos kelmagan”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qatardagi G‘azo bo‘yicha sammit natijalari: AQSH yana yangi taklif kiritdi