10:30 / 18.08.2024
128

UFC 305. Dyu Plessi Israel Adesanyani mag‘lubiyatga uchratib chempionlik kamarini saqlab qoldi

UFC 305. Dyu Plessi Israel Adesanyani mag‘lubiyatga uchratib chempionlik kamarini saqlab qoldi
Avstraliyaning Pert shahrida UFC 305 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning asosiy jangi o‘rta vazn toifasi vakillari Drikus dyu Plessi va Israel Adesanya o‘rtasida kechdi.

Birinchi raundda ikki sportchi ham bir-birini o‘rganish bilan o‘tkazdi. Sportchilar qo‘l va oyoq zarbalari bilan raqibga ta’sir o‘tkazishga harakat qildi.

Ikkinchi raundda Dyu Plessi jang uslubini o‘zgartirib raqibini parterga olishga harakat qildi. Birinchi parterdan Israil chiqib ketishni uddaladi. Ammo Adesanya ikkinchi raundni to‘liq himoyada vaqt o‘tkazdi.

Uchinchi raundda avvaliga Adesanya ustunlik qilishni boshladi, Keyin ustunlik raqibiga o‘tdi. Drikus dyu Plessining zarbalari soni va aniqlik darajasi ortdi. Sportchilar bu raundda ham parterga borishni xohlamadi.

To‘rtinchi raundda Dyu Plessi raqibini yaxshi o‘rgandi va parterga olishga harakat qildi. Adesanyani bo‘g‘ish uslubiga olib o‘tgan Dyu Plessi parterda raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa Dyu Plessi kamarini himoya qilishga erishdi.

Dyu Plessi yanvar oyida Shon Striklendni mag‘lub etib, o‘rta vazn toifasida chempionga aylangan edi.

Adesanya esa 2023 yil sentyabr oyida Striklendga imkoniyatni boy berib, tituldan ajralgan edi.

Co-main event’da Kay Kara-Frans va Stiv Erseg jang qildi. Bahsda Kay Kara Frans birinchi raundning o‘zidayoq raqibini texnik nokautga uchratdi.

Asosiy kartdagi janglardan birida yangi zelandiyalik Den Xuker (24-12) va polshalik Mateush Gamrot (24-3) bilan jang qilindi.

Xuker ochkolar evaziga raqibini mag‘lub etdi: 29—28, 28—29, 29—28.

Xuker ketma-ket uchinchi jangida g‘alaba qozondi, Gamrot uchta g‘alabadan iborat seriyani buzdi.

- Jairzinyo Rozenstraik (15-5) Tay Tuivasani (14-8) mag‘lub etdi: 30—27, 29—28, 27—30;
- Li Jingliang (19—9) ikkinchi raundda Karlos Pratesga (20—6) nokaut bilan yutqazdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo