
Turkiya chempionatining 2-turidan o‘rin olgan va 2:2 hisobida yakunlangan o‘yinda "Fenerbaxche" prezidenti Ali Koch "Gyoztepe" muxlislari tomonidan hujumga uchradi.
Ispaniyaning "AS" nashrining xabar berishicha, Kochga "Gyoztepe" muxlislari tribunadan turli xil buyumlarni, jumladan, shishalarni uloqtira boshlashdi. Natijada Koch boshidan jarohat olgan. U xavfsizlik xodimlari ko‘magida tribuna xonasiga olib o‘tildi.
"Fenerbaxche" safida hujumchilar Edin Jeko va Yusuf En-Nesiri gol urishdi. "Gyoztepe"ning gollariga esa himoyachi Koray Gyunter va yarim himoyachi Romulo Kruz mualliflik qilishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar