Foto: AP
Tel-Aviv aholisi yana HAMAS bilan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv tuzishni talab qildi, deya Euronews xabar berdi.
G‘azoda HAMAS tomonidan ushlab turilgan isroillik garovga olinganlarning qarindoshlari va tarafdorlari hukumatdan ularni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishishni talab qilib, haftalik norozilik namoyishini o‘tkazishdi. Namoyishchilar 100 dan ortiq asirlarning suratlarini ushlab, Isroil hukumatini nihoyat kelishuvga erishishga va ularni qaytarishga chaqirgan.
"Men yuqori martabali xavfsizlik amaldorlarining bizga HAMAS yo‘q qilinganini aytishayotganini eshitaman, ammo kelishuv vaqti keldi. Agar kelishuv bo‘lmasa, shiddatli urush bo‘ladi. Urushga kirish oson, lekin undan chiqib ketish juda qiyin bo‘ladi", deydi garovga olinganlardan birining otasi.
Hozirda xalqaro hamjamiyat Isroil va HAMAS o‘rtasida 10 oydan ortiq davom etgan urushni tugatish uchun o‘t ochishni to‘xtatishga vositachilik qilishda davom etmoqda. AQSH, Misr va Qatar vakillari Dohada ikki kunlik muzokaralarni yakunlab, kelishuvga erishish mumkinligiga umid bildirgan.
Vositachilar qo‘shma bayonotda Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha taklif taqdim etilgani va kelgusi hafta Qohirada mumkin bo‘lgan kelishuv tafsilotlari ishlab chiqilishini aytgan.
31 may kuni AQSH prezidenti Jo Bayden taklif qilgan bosqichma-bosqich o‘t ochishni to‘xtatish loyihasiga har ikki tomon ham qiziqish bildirgan. Biroq ikkala tomon ham shartnomaning ayrim shartlari va tafsilotlari bo‘yicha kelisha olmagan. HAMAS avvalroq hech qanday muvaffaqiyatga erishilmaganini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina armiyasi tanklar boʻyicha ilk bor Rossiyaga qarshi ustunlikka erishdi
Turkiyada «Alisher Navoiy kulliyoti» nomli koʻrgazma ochildi
Sun'iy idrok koʻkrak bezi saratonini an'anaviy skriningdan yaxshiroq aniqladi
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)