21:33 / 18.08.2024
77

Xitoy AQSH va Yaponiyani Janubiy Xitoy dengiziga aralashgani uchun qoraladi

Xitoy AQSH va Yaponiyani Janubiy Xitoy dengiziga aralashgani uchun qoraladi
Foto: Reuters
Pekin AQSH va Yaponiyani Janubiy Xitoy dengiziga aralashishda davom etayotgani uchun qoraladi. Bu haqda Xitoy Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Chjan Syaogan ma’lum qildi.

Xitoy davlatlar o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlik hech qanday uchinchi tomonni nishonga olmasligi yoki mintaqaviy tinchlik va barqarorlikka putur yetkazmasligi kerakligi haqidagi pozitsiyaga sodiqdir, deydi xitoylik rasmiy Vashingtonning Filippinga 500 million dollarlik harbiy yordami va yaqinda Yaponiya va Filippin o‘rtasidagi qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni sharhlar ekan.

Uning qayd etishicha, Xitoy Nanxay Chjudao (Janubiy Xitoy dengizi orollari) va unga tutash suvlar ustidan shubhasiz suverenitetga ega.

"Biz hududiy suverenitetimiz, dengiz huquqlari va manfaatlarimizni himoya qilish uchun qasddan qilingan hujumlar va provokatsiyalarga qarshi qat’iy qonuniy choralar ko‘ramiz", deya qo‘shimcha qilgan u.

Janubiy Xitoy dengizi qirg‘oqbo‘yi mamlakatlari Ikkinchi jahon urushidan so‘ng mustaqillikka erishganidan beri hududiy bahslar mavzusi hisoblanadi.

Birinchi marta 1947 yilda chop etilgan xaritaga muvofiq, Xitoy Janubiy Xitoy dengizining 80 foizdan ortiq suverenitetiga egaligini e’lon qilgan. Filippin, Vetnam, Bruney va Malayziya kabi qirg‘oqbo‘yi qo‘shni davlatlar ham mintaqadagi huquqlarga da’vo qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy AQSH va Yaponiyani Janubiy Xitoy dengiziga aralashgani uchun qoraladi