Foto: sharij.net
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya Kursk viloyatini o‘z hududiga bostirib kirayotgan ukrainalik harbiylardan har qanday holatda ham ozod qilishiga, mojaroning avj olishi esa Ukrainaning davlat sifatida yo‘q qilinishiga olib kelishi mumkinligiga ishonch bildirdi.
“Rossiya” telekanaliga bergan intervyusida Lukashenko Kursk viloyatiga hujumni amalga oshirgan ukrainalik jangchilarning hammasi professional bo‘lganini ta’kidlagan.
"Ular butun jangovar chiziqdan to‘plangan. Bular asosan urushni ko‘rgan odamlar edi. Qolganlari yollanma askarlar, polyaklar va hokazolar edi. Juda kuchli kuchlar shakllantirilgan va ular keldi. Men xizmat qilganman, chegara nimaligini bilaman, u yerdagi bir nechta yigitlar bunday kuchlarni ushlab turolmadi", deydi Belarus rahbari.
Lukashenkoga ko‘ra, rus askarlari Kurskdan ukrainalik harbiylarni chiqarib yuboradi. U, shuningdek, mojaroning kuchayishi Ukraina uchun eng fojiali tarzda yakunlanishi mumkinligini aytgan.
"Agar bu Kurskdagi kabi bo‘lsa, bu Ukrainaning vayron bo‘lishi bilan yakunlanadi. Hech kim Rossiya imperiyasini mag‘lub eta olmagan va eta olmaydi. Bu yerda NATOning siyosati qanday bo‘lishi mumkin? Amerikaliklarning bitta siyosati bor — Yevropani Rossiyaga qarshi qo‘yish", deya xulosa qilgan Belarus yetakchisi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sun'iy idrok koʻkrak bezi saratonini an'anaviy skriningdan yaxshiroq aniqladi
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi