23:46 / 18.08.2024
8

X “senzura buyrug‘i” sababli Braziliyadagi faoliyatini to‘xtatadi

X “senzura buyrug‘i” sababli Braziliyadagi faoliyatini to‘xtatadi
Foto: AP
X ijtimoiy tarmog‘i Braziliya Oliy sudi sudyasi Aleksandr de Moraes tomonidan bosim o‘tkazishga urinishlari sababli Braziliyadagi ofisini yopayotganini ma’lum qildi.

X’ning ta’kidlashicha, de Moraes Braziliyadagi kompaniya vakilini agar X “senzura buyrug‘i”ni bajarmasa hibsga olish bilan tahdid qilgan.

"Xodimlarimiz xavfsizligini ta’minlash uchun biz Braziliyadagi faoliyatimizni darhol to‘xtatishga qaror qildik", deydi kompaniya.

Ijtimoiy tarmoqda qayd etilishicha, X bundan keyin ham mamlakat aholisi uchun mavjud bo‘ladi.

14 avgust kuni X Moraesdan bir nechta mashhur braziliyalik akkauntlarga oid talablar, jumladan, ro‘yxatdan o‘tish paytida ko‘rsatilgan ushbu foydalanuvchilarning ma’lumotlarini rasmiylarga taqdim etish bo‘yicha xatlar olganini xabar qilgan. Tarmoq ushbu masala bo‘yicha Oliy sudga bir necha bor murojaat qilganini, ammo ular ko‘rib chiqilmaganini hamda “Braziliya jamoatchiligi bu buyruqlar haqida xabardor qilinmaganini” aytgan.

Avgust oyi boshida Venesuela hukumati X’ning mamlakatdagi faoliyatini 10 kunga to‘xtatib qo‘ygan edi. Tegishli farmonni mamlakat prezidenti Nikolas Maduro imzolagan.

"X ijtimoiy tarmog‘ining egasi Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ining barcha me’yorlarini buzib, nafrat, fashizm, fuqarolar urushi, o‘lim, venesuelaliklar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarni tarqatib, Venesuelaning barcha qonunlarini buzdi", degan edi Maduro.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » X “senzura buyrug‘i” sababli Braziliyadagi faoliyatini to‘xtatadi