07:00 / 20.08.2024
272

Mask Qodirovga Cybertruck bergani haqidagi xabarlarni rad etdi

Mask Qodirovga Cybertruck bergani haqidagi xabarlarni rad etdi
Foto: “Daryo” kollaj
Ilon Mask Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga Tesla Cybertruck elektr pikapini bergani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Milliarder “Mask Amerikaning sanksiyalangan dushmanlariga harbiy xizmatga yaroqli mashinalar yetkazib berayotganidan” hayratlangani uchun ijtimoiy tarmoq X foydalanuvchisini “qoloq” deb atadi.

"Siz shunchalik qoloqmisiz, men rus generaliga Cybertruck berdim deb o‘ylaysizmi? Bu hayratlanarli", deb yozdi Tesla rahbari.
17 avgust kuni Qodirov Telegram’da pulemyot o‘rnatilgan Cybertruck videosini e’lon qilgan edi.

Foto: Videodan kadr
"Biz hurmatli Ilon Maskdan Tesla kiber yuk mashinasini oldik. Men yangi texnologiyani sinab ko‘rganimdan xursand bo‘ldim va shaxsan amin bo‘ldimki, uning “Kiberhayvon” deb nomlanishi bejiz emas", dedi Checheniston rahbari.

U pikap Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiyasi” hududiga yuborilishini qo‘shimcha qilgan va Ilonga go‘yoki mashina bilan ta’minlagani uchun minnatdorchilik bildirgan.

Ilon, rahmat! Grozniyga keling, sizni eng aziz mehmonim sifatida qabul qilaman! Bizning Rossiya TIV bunday sayohatga qarshi bo‘ladi deb o‘ylamayman. Va, albatta, biz sizning yangi ishlanmalaringizni kutamiz”, deya xulosa qilgan edi Qodirov.

Maskning Qodirovga javobi e’lon qilingandan bir oz o‘tib, Checheniston rahbari yana Tesla asoschisiga murojaat qildi:
"Ilon, qoloq odamlarga va sotqin ommaviy axborot vositalariga e’tibor bermang. Ular bilan chalg‘imasligingiz kerak, ishoning. Yangi cho‘qqilarni zabt etishda davom eting. Sizning ishlanmalaringiz bizga katta yordam bermoqda!"

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mask Qodirovga Cybertruck bergani haqidagi xabarlarni rad etdi