Britaniya baronining marhum qizi Filippinda olib borilayotgan giyohvandlikka qarshi shafqatsiz kurashning qurboniga aylandi, deyiladi "Kun" nashrida.
Mariya Avrora Moynixan 11 sentyabr kuni Maniladagi Keson-sitida otib ketildi. Bu haqida CNN Filippin polisiyasiga asoslanib, xabar berdi. Uning jonsiz tanasi yonida "Mashhurlarga giyohvand modda sotuvchi, sen keyingisisan!" yozuvi topilgan. Mahalliy polisiyaning ma’lum qilishicha, bu ish birinchi navbatda "qotillik" sifatida ko‘riladi. Hukumat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ayolning jasadi yonidan metamfetamin paketlari topilgan.
45 yoshli ayol 2013 yilda aksilgiyohvandlik reydi davomida hibsga olinib, garov evaziga qo‘yib yuborilgandi.
Baron Entoni Moynixan Filippindagi giyohvand moddalar kontrabandachilari va tovlamachilar bilan aloqasi orqali tanilgan.
Moynixanning singlisi filippinlik aktrisa Maritoni Fernandes jamoatchilikni shaxsiy hayot daxlsizligini hurmat qilishga chaqirgan.
Mariya Moynixanning o‘limi Filippin prezidenti Rodrigo Duerte tomonidan yo‘lga qo‘yilgan giyohvandchilikka qarshi urushning bir ko‘rinishi xolos.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, iyun oyidan boshlangan giyohvandlikka qarshi kurash doirasida o‘tkazilgan 18 800 operasiyada 1 100 nafardan ortiq kishi polisiya xodimlari tomonidan o‘ldirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar