Yaponiya aeroportida yo‘qolgan qaychi sabab o‘nlab reyslar bekor qilindi

1 daqiqa o'qish456
Yaponiya aeroportida yo‘qolgan qaychi sabab o‘nlab reyslar bekor qilindi
Foto: Getty Images
Hodisa 17 avgust, shanba kuni yuz bergan. Hokkaydo prefekturasidagi Yangi Titose aeroportining ichki reyslar terminalidagi xavfsizlik tekshiruvlari taxminan ikki soatga to‘xtatilgan, oqibatda yuzlab yo‘lovchilar bir muddat qiyin ahvolga tushib qolgan. Ular xavfsizlik tekshiruvidan qayta o‘tishga yuborilgani sabab uchish zalida uzun navbatlar hosil bo‘lgan.

Mas’ul xodimlar yo‘qolgan qaychini topishga ikki kun urinishdi. Qaychi shanba kuni topilmagan bo‘lsa-da, xavfsizlik tekshiruvlari va parvozlar o‘sha kuniyoq qayta tiklandi.

Qaychi yakshanba kuni omborxona xodimi tomonidan topildi va chindan ham o‘sha yo‘qolgan qaychi ekani tasdiqlangach, aeroport rasmiylari uning topilganini e’lon qildi.

Reyslarning bekor qilinishi va kechikishidan aziyat chekkan sayohatchilarning aksariyati Yaponiyada har yili nishonlanadigan Bon bayramidan keyin uyga qaytishayotgan edi.

Yer, infratuzilma, transport va turizm vazirligi Hokkaydo aeroportlariga murojaat qilib, hodisaning sababini aniqlash va bunday holatlar qaytalanishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘radi.

“Ushbu voqea ombordagi saqlash va boshqarish tizimlari noto‘g‘ri olib borilgani tufayli sodir bo‘lganini tan olamiz. Hodisa o‘g‘rilik yoki terrorizmga aloqador bo‘lishi mumkin edi, rahbariyatning to‘liq xabardorligini ta’minlash uchun buning ustida yana bir bor ishlaymiz”, – deyiladi aeroport bayonotida.

X ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari aeroportning hodisaga munosabatini olqishladi va Yaponiyadagi parvozlar xavfsizligiga ishonchi oshganini ta’kidladi.

Aviatsiya tahlili bilan shug‘ullanuvchi OAG kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Yangi Titose Yaponiyaning eng gavjum aeroportlaridan biri bo‘lib, dunyodagi ikkinchi eng yirik ichki aviaqatnov Tokio — Sapporo yo‘nalishiga xizmat ko‘rsatadi.

2022 yilda aeroportdan 15 milliondan ortiq sayyoh foydalangan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?