21:06 / 20.08.2024
288

KXDR TIV: Ukrainaning Kurskga hujumi Zelenskiy rejimining mag‘lubiyati bilan yakunlanadi

KXDR TIV: Ukrainaning Kurskga hujumi Zelenskiy rejimining mag‘lubiyati bilan yakunlanadi
Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga hujumi Zelenskiy rejimi va AQSHning strategik mag‘lubiyati bilan yakunlanadi. Bu haqda KXDR TIV rasmiy vakili ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Kurskdagi (viloyat - tahr.) hozirgi shiddatli janglar Zelenskiyning qo‘g‘irchoq guruhining to‘liq mag‘lubiyati hamda AQSH va G‘arbning strategik mag‘lubiyati uchun debocha bo‘ladi”, — deyiladi bayonotda.

KXDR TIVning qayd etishicha, AQSH va uning ittifoqchilari Ukrainani astronomik miqdorda halokatli qurollar bilan ta’minlash va uning qo‘li bilan Rossiya bilan urush olib borish orqali global xavfsizlik muhitini uchinchi jahon urushiga olib kelmoqda.

Provokatorlarga munosib javob beriladi va KXDR Rossiyani o‘z suverenitetini himoya qilishda doimo qo‘llab-quvvatlaydi, deya ta’kidladi Shimoliy Koreya TIV.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » KXDR TIV: Ukrainaning Kurskga hujumi Zelenskiy rejimining mag‘lubiyati bilan yakunlanadi