Foto: Kevin Dietsch/Getty Images
Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqda tinchlik va xavfsizlik o‘rnatish uchun harakat qilishda davom etadi. Bu haqda AQSH prezidenti Jo Bayden Demokratik partiyaning Chikagodagi qurultoyida ma’lum qildi.
«Biz G‘azodagi urushni tugatish, asirlarni uylariga qaytarish va Yaqin Sharqda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun ishlashda davom etamiz», deb ishontirdi Oq uy rahbari.
Bayden AQSH rasmiylari Falastin eksklavida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini ta’minlash uchun «juda ko‘p ishlayotganini» ta’kidladi va vazifa imkon qadar tezroq amalga oshishiga umid bildirdi.
«Bir necha kun oldin men kengroq urushning oldini olish, asirlarni oilalari bilan birlashtirish, G‘azoga insonparvarlik yordami oqimini ko‘paytirish, Falastin xalqi azob-uqubatlariga chek qo‘yish va pirovardida o‘t ochishni to‘xtatish hamda bu urushni tugatish bo‘yicha kelishuvni taklif qildim», - deydi Jo Bayden.
AQSH prezidenti, shuningdek, Chikago ko‘chalarida Falastinni qo‘llab-quvvatlagan minglab namoyishchilar yurganiga izoh berdi. «Namoyishchilarning huquqi bor, har ikki tomondan ko‘plab begunoh odamlar o‘ldirilgan», dedi Jo Bayden.
Umuman olganda, Bayden nutqi davomida Oq uy rahbari sifatidagi faoliyati davomida erishgan muvaffaqiyatlari haqida gapirdi, Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampni tanqid qildi va tarafdorlaridan bo‘lajak saylovlarda Demokratik partiyadan nomzod Kamala Harrisni qo‘llab-quvvatlashni so‘radi.
Baydenning nutqi davomida zaldagilardan ba’zilari «Isroilni qurollantirishni to‘xtating» degan bannerni ko‘tarib oldi. Bu vaqtda partiya boshqa vakillari o‘z plakatlarini yuqoriga ko‘tarish orqali bannerni yopishga harakat qildi. Xodim transparantni olib tashlamoqchi bo‘lgan payt kameraga tushib qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi
AQShga uchayotgan Habib Nurmagomedov samolyotdan tushirib yuborildi (video)
Grenlandiya etakchisi Tramp bilan uchrashishga tayyorligini aytdi
Los-Anjelesdagi yongʻin kelib chiqishining texnogen sababi oʻrganiladi
Trampning "xarxasha"lari borasida AQShdagi oʻzbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?
Moldova prezidentiga 2024 yilda berilgan eng qimmat sovgʻa ma'lum qilindi