06:42 / 22.08.2024
242

Ilon Mask har doim shu savolni beradi va suhbatdoshi yolg‘on gapirsa, darhol bilib oladi

Ilon Mask har doim shu savolni beradi va suhbatdoshi yolg‘on gapirsa, darhol bilib oladi
Yaqin kishingizning sirlarini bilmoqchi bo‘lsangiz, unga qanday savol berishingiz kerakligi bilan o‘rtoqlashamiz.

Yolg‘onni aniqlashning eng samarali usuli — tana tili va fiziognomikani tahlil qilish hisoblanadi. Masalan, siz bilan gaplashayotgan odam o‘ngga qarasa, shuningdek, turli shoshma-shoshar harakatlar qilsa, demak, u yolg‘on gapirmoqda. Biroq bu usullar har doim ham samara bermaydi, chunki suhbatdoshingiz asabiylashayotgan bo‘lishi mumkin, buning natijasida uning nigohi tezlashadi va g‘ayritabiiy harakatlar qiladi. Shuning uchun odam aldashga moyilligini aniqlashning eng yaxshi usuli — to‘g‘ri savollar berishdir.

Misol uchun, Tesla va Space X kompaniyalari asoschisi Ilon Mask 2017 yilgi Butunjahon sammitida aynan shu savol bilan o‘rtoqlashdi. Mask talabgorlar bilan uchrashganda ularning har biridan: “Siz duch kelgan qiyinchiliklar va ularni qanday hal qilganingiz haqida so‘zlab bering” deb so‘raydi. Shundan so‘ng u odamda ikkita variant bo‘ladi — batafsil yoki umumiy jumlalar bilan javob berish.

Agar talabgor batafsil javob bersa, demak, u ish beruvchidan biror narsani yashirmaydigan halol odam. Buning boisi shundaki, u muvaffaqiyatsizliklarini bemalol tan oladi va rahbar oldida obro‘si tushishidan qo‘rqmaydi, chunki haqiqat uning uchun qadrliroq.

Agar talabgor umumiy jumlalar bilan javob bersa, demak, u yolg‘on gapirishga moyil. Gap shundaki, yolg‘on gapirganimizda haqiqatni oshkor qiladigan keraksiz tafsilotlarni aytishdan qo‘rqamiz. Shuning uchun batafsil emas, balki imijimiz uchun xavfsiz deb hisoblagan noto‘g‘ri va yodlab olingan jumlalar bilan gapiramiz.

Kognitiv psixologiyada bu usul “axborotni assimetrik boshqarish” deb ataladi. U nafaqat suhbatlarda, balki tergov organlari ishida ham qo‘llanadi. Masalan, so‘roq paytida xodimlar ko‘pincha odamlarga ularni batafsil hikoya qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan savollar berishadi. Agar odam bir xil jumlalar bilan javob bersa va tafsilotlarni oshkor qilmasa, demak, u ortiqcha gapirishdan qo‘rqadi.

Darvoqe, faqat shu konkret savolnigina emas, balki boshqa savollarni ham berish mumkin. Agar kimdir sizga yolg‘on gapirsa, u har doim umumiy jumlalar bilan javob beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask har doim shu savolni beradi va suhbatdoshi yolg‘on gapirsa, darhol bilib oladi