Foto: Dinopedia
Germaniyaning Myunxen paleontologiya muzeyi olimlari qirg‘izistonlik hamkasblari bilan birgalikda Toshko‘mir shahri yaqinidagi tog‘-cho‘lli hududda teropod guruhiga mansub yirtqich dinozavr qoldiqlarini topishdi. Tadqiqot haqida yozilgan maqola Zoological Journal of the Linnean Society (ZJLS) ilmiy nashrida e’lon qilindi.
Yangi turdagi dinozavrga Alpkarakush kyrgyzicus — Qirg‘iz alpqoraqushi, deb nom berildi.
«Alpkarakush kyrgyzicus — Qirg‘iziston hududida topilgan ilk teropod dinozavr. Unga «Manas» eposidagi afsonaviy ulkan qush — Alpqoraqush nomi berildi», — deyiladi maqolada.
Foto: Species New to Science
Dinozavrning toshga aylangan qoldiqlari taxminan 165 million yil avval o‘rta yura davrida hosil bo‘lgan Balbansoy qatlamining cho‘kindilarida topildi. Tahlil xulosalariga ko‘ra, bahaybat kaltakesakning uzunligi taxminan to‘qqiz metrga yetgan va ulkan «qoshlar» — bosh suyagidagi ko‘z bo‘shlig‘i ustidagi katta suyak bo‘rtig‘iga ega bo‘lgan.
Foto: Reddit
Ko‘plab boshqa teropodlarga solishtirilgan qirg‘iz dinozavri metriakantozavridlarga mansubligi va Sharqiy Osiyoning yirtqich dinozavrlari bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan.
Paleontologlar metriakantozavrid va teropodlarning boshqa muhim guruhlari Janubi-Sharqiy Osiyoda paydo bo‘lgan va Markaziy Osiyo hamda Yevropa orqali boshqa qit’alarga tarqalgan, deb taxmin qilishadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Trampning "xarxasha"lari borasida AQShdagi oʻzbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?
Moldova prezidentiga 2024 yilda berilgan eng qimmat sovgʻa ma'lum qilindi
Trampning oʻgʻli Grenlandiyada AQShni qoʻllab-quvvatlashlari uchun uysizlarga pul berdi
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi