09:07 / 21.09.2016
6 752

Fotogalereya: Suriyada insonparvarlik yordami karvoni o‘qqa tutilishi

Fotogalereya: Suriyada insonparvarlik yordami karvoni o‘qqa tutilishi

20 sentyabrga o‘tar kechasi, Suriya hukumati o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuv muddati yakunlanganidan keyinroq Halab viloyati hududida BMTning insonparvarlik yuklari ortilgan karvoni hujumga uchradi, deyiladi "Kun" nashrida.

19 sentyabr kunining birinchi yarmida BMT matbuot xizmati Halab va Xoms viloyatlaridagi 160 ming aholi uchun gumanitar yordam jo‘natganligini ma’lum qilgandi. BMTning ijtimoiy yordam karvoni Halab shimoli-g‘arbidagi Urum-al Kubro tumanida o‘qqa tutilgan. BMTning ma’lumotiga ko‘ra, 31ta yuk mashinasidan 18tasi o‘qqa duch kelgan.




Xalqaro Qizil xoch jamiyati hujum natijasida 12 nafar ko‘ngilli va bir necha nafar tinch aholi vakili halok bo‘lganini tasdiqladi.



Bu hujum "Jabhat an-Nusra" jangarilari tomonidan amalga oshirilgani aytildi.

21 sentyabr kuni BMT Suriyaga insonparvarlik yordamlari etkazish to‘xtatilganini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fotogalereya: Suriyada insonparvarlik yordami karvoni o‘qqa tutilishi