15:20 / 23.08.2024
79

Putin Ukrainani Kursk AESga hujum qilishga urinishda aybladi

Putin Ukrainani Kursk AESga hujum qilishga urinishda aybladi
Foto: IMAGO/ITAR-TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainani Kursk atom elektr stansiyasiga hujum qilishga uringanlikda aybladi. «Dushman bugun tunda AESga zarba bermoqchi bo‘ldi», — deya uning Ukraina qurolli kuchlarining 22 avgust, payshanba kuni Kursk viloyatidagi hujum operatsiyasiga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi so‘zlaridan iqtibos keltirgan TASS davlat agentligi.

Putin o‘z ayblovlari bo‘yicha hech qanday dalil keltirmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikni (AEXA) xabardor qilgan, uning mutaxassislari vaziyatni baholash uchun voqea joyiga kelishi kerak.

Bir necha soat avval Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatida davom etayotgan harbiy amaliyoti fonida mintaqa bir qancha shaharlarida temir-beton boshpanalar o‘rnatish boshlanganini ma’lum qilgandi - gap atom elektr stansiyasi joylashgan Kursk, Jeleznogorsk va Kurchatov haqida ketyapti.

AEXA bosh direktori Kursk AESga boradi

Kuni kecha AEXA bosh direktori Rafael Grossi kelasi hafta Moskva taklifiga binoan Kursk atom elektr stansiyasiga tashrif buyurish niyatida ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, stansiya hozirda «texnik jihatdan Ukraina qurolli kuchlarining artilleriyasi masofasida».

Kursk AES - Rossiyadagi eng yirik elektr stansiyalaridan biri. U to‘rtta energiya blokidan iborat bo‘lib, ulardan ikkitasi Ukraina qurolli kuchlarining mintaqadagi faol harakatlari fonida ishlashda davom etmoqda. "Rosatom" 8 avgust kuni AES hududidan urib tushirilgan raketalarning bo‘laklari topilganini ma’lum qildi. Ukraina tashqi ishlar vazirligi Ukraina qurolli kuchlari Kursk atom elektr stansiyasiga hujum qilishni rejalashtirmayotgani va hujum qilishni xohlamasligini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Ukrainani Kursk AESga hujum qilishga urinishda aybladi