Foto: Reuters
AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampni Arizonada shtatidagi saylovoldi tadbirida o‘ldirish bilan tahdid qilgan erkak hibsga olindi. Bu haqda politsiyaga tayanib, Fox News xabar berdi.
Qo‘lga olingan shaxs 66 yoshli Ronald Li Sivrud hisoblandi. U ikki kun davomida ijtimoiy tarmoqlarda Trampga tahdid qilgan postlarni joylashtirgan. Erkakning avvalgi qonunbuzarliklari qatorida mast holda transport vositasini boshqarish, keyin shu ish bo‘yicha sudga kelmaslik, yo‘l-transport hodisasi joyidan qochish va bolaning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyat uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taslim bo‘lmaslik bor.
Foto: BBC
“Uning Pensilvaniyadagi (Trampga nisbatan iyul oyida suiqasd sodir etilgan joy) suiqasd bilan hech qanday aloqa aniqlanmadi va biz mahalliy, davlat va federal idoralar bilan hamkorlik qilmoqdamiz”, deydi politsiya.
Hibsga olingan shaxsga qarshi hozircha hech qanday ayblov qo‘yilmagan.
Trampga suiqasd
Trampning hayotiga suiqasd 13 iyul kuni Pensilvaniyada saylovchilar oldidagi nutqi vaqtida sodir bo‘lgan. Keyinroq maxfiy xizmat 20 yoshli Tomas Metyu Kruks ekanligi aniqlangan gumonlanuvchini o‘ldirganini ma’lum qilgan. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, kamida ikki kishi yaralangan. Suiqasd ortidan AQSH Maxfiy xizmati rahbari Kimberli Chitl iste’foga chiqqan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi