Foto: Reuters
Isroil Falastin prezidenti Mahmud Abbosning G‘azo sektoriga tashrif buyurishiga qarshilik qildi. Ma’lumotni Falastin prezidentining xalqaro aloqalar bo‘yicha maslahatchisi va uning maxsus vakili vazir Riyod al-Malikiy tasdiqladi.
Siyosatchi mazkur taqiq Isroilning anklavni bosib olganini isbotlashini aytgan.
"Biz ulardan ruxsat so‘ramadik. Prezidentning G‘azoga borishini e’lon qildik. Shu zahotiyoq Isroil javobi keldi, unda ular prezident Mahmud Abbosning G‘azoga kirishiga yo‘l qo‘ymasliklarini aytdi. Bu G‘azo Isroil harbiy ishg‘oli ostida ekanini anglatadi. Ammo, biz prezident Falastin hududining istalgan qismiga tashrif buyurishi uchun Isroil bosqinchilaridan ruxsat so‘ramaymiz. Bu aniq", dedi Riyod al-Malikiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Falastin hukumati ishg‘olning mavjudligini tan olsa-da, bunday vaziyatga ko‘nikishni istamaydi.
"Abbos Isroilning unga G‘azoga borishiga ruxsat bermasligini oldindan bilardi. Buni bartaraf qilish uchun u BMT Xavfsizlik kengashidan yordam va xavfsizlik kafolatlari so‘ragan", deya izoh berdi al-Malikiy.
Falastin prezidenti Mahmud Abbos 15 avgust kuni G‘azoga tashrif buyurish niyatini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi