09:18 / 21.09.2016
6 664

Armaniston Mustaqillik kunini nishonlamoqda

Armaniston Mustaqillik kunini nishonlamoqda

Armaniston Respublikasi aholisi mamlakat Mustaqilligining 25-yilligini tantana qilmoqda, deb xabar beradi "Kun" nashri.

21 sentyabrda respublika poytaxti Erevan shahrida qator bayram tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Ertalab hukumat rahbarlari an’anaga ko‘ra "Erablur" xotira majmuasiga tashrif buyurishadi.

Shundan so‘ng poytaxtning bosh — Respublika maydonida — harbiy parad bo‘lib o‘tadi.
Bayram tantanalari Respublika maydonidagi feyerverk bilan yakunlanadi.

Armaniston Mustaqillik deklarasiyasi 1990 yil 23 avgust kuni qabul qilingan. Mazkur hujjat bilan Armaniston SSRga barham berilgandi.

Armaniston Oliy kengashining qarori bilan 1991 yil 21 sentyabrda SSSR tarkibidan chiqish to‘g‘risida referendum o‘tkazilgan, unda 94,99 foiz fuqaro bu taklifni ma’qullagan. Shundan so‘ng, 2 kun o‘tgach, respublika Oliy kengashi Armanistonni mustaqil davlat deya e’lon qilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Armaniston Mustaqillik kunini nishonlamoqda