Foto: AP
Germaniya hukumatining afg‘on fuqarolarini o‘z vataniga deportatsiya qilish rejalari tobora aniq bo‘lib bormoqda.
Bild nashriga ko‘ra, Afg‘oniston fuqarolarining yurtiga qaytarilishiga moliyaviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha federal va shtat hukumatlari o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda. Birinchi navbatda, jinoyatchilar va “xavfli shaxslar” ni deport qilish rejalashtirilmoqda, ammo ular ham to‘lovlarga umid qilishlari mumkin.
Biz doimiy ravishda Afg‘onistonga deport qilish uchun operativ va huquqiy sharoit yaratish imkoniyatlarini o‘rganib chiqamiz. “Sayohat uchun moliyaviy yordam” to‘lovi ham ana shunday shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilishi mumkin, deya ma’lum qilgan Germaniya Ichki ishlar vazirligi.
Vazirlikka ko‘ra, nafaqa to‘lash yoki to‘lamaslik masalasi federal shtatlarda hal qilinadi, shuningdek, ular nafaqa miqdorini ham hal qilishlari kerak.
Afg‘onistonliklar doimiy ravishda Germaniyadan boshpana so‘rab murojaat qiladi. 2023 yilda 51 275 nafar afg‘on Germaniyadan boshpana so‘rab murojaat yo‘llagan, bu 2022 yilga nisbatan 41 foizga ko‘pdir. O‘tgan yili boshpana so‘rash bo‘yicha dastlabki arizalarning taxminan 15 foizi afg‘onlardan kelgan.
2021 yil yozida Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan beri Germaniyadan mamlakatga deportatsiyalar amalga oshirilmagan. Yaqinda Germaniya hukumati ushbu amaliyotni qaytarish zarurligini e’lon qilgan.
Afg‘oniston fuqarolari avvalroq Germaniya sudlariga vataniga qaytgan taqdirda o‘ta qashshoqlikka duchor bo‘lishlari haqida shikoyat qilgan edi. Germaniya hukumatining fikricha, moliyaviy yordam o‘z vataniga qaytgan qochqinlarga dastlabki vaqtlarda oziq-ovqat va uy-joy uchun haq to‘lash imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi