09:00 / 26.08.2024
13

Telegram kompaniyasi Durov hibsga olinishiga munosabat bildirdi

Telegram kompaniyasi Durov hibsga olinishiga munosabat bildirdi
Foto: AP Photo
Telegram jamoasi 25 avgust kuni messenjer asoschisi Pavel Durovning Fransiyada hibsga olinishiga munosabat bildirdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, Telegram “Yevropa Ittifoqi qonunlariga to‘liq rioya qiladi”, kontentni moderatsiya qilish esa “soha standartlariga mos kelib, doimiy ravishda takomillashtirilmoqda”. Shuningdek, kompaniya bosh direktorining “yashirish uchun hech narsasi yo‘qligi va u muntazam ravishda Yevropa bo‘ylab sayohat qilishi” aytilgan.

Durov yoki platforma Telegram foydalanuvchilarning suiiste’molliklari uchun javobgar ekani haqidagi da’volarni Telegram jamoasi “absurd” deb atagan va “bu vaziyatning tezda hal etilishini” kutayotganini bildirgan.

Manbalarga ko‘ra, Fransiya sud hokimiyati Pavel Durovni qamoqda saqlash muddatini uzaytirgan. Tergovga yaqin manba bu tergov sudyasining qaroriga ko‘ra maksimal 96 soatgacha uzaytirilishi mumkinligini aytmoqda.

Bu muddat tugagach, sudya shaxsni ozod qilish yoki unga ayblov qo‘yish va qamoqda saqlash muddatini uzaytirish to‘g‘risida qaror chiqarishi mumkin.

Fransiya rasmiylari Durovning hibsga olinishiga izoh bermadi

Telegram bayonoti Pavel Durov Ozarbayjondan Parijga qaytganida Le Burje aeroportida qo‘lga olingandan deyarli bir kun o‘tib e’lon qilindi. Bu haqida Fransiya ommaviy axborot vositalari xabar berdi. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, orderga Durovning mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani, shuningdek, Telegramdagi kontentni yetarlicha moderatsiya qilmagani sabab bo‘lgan.

Durov messenjerda sodir bo‘layotgan noqonuniy faoliyatda, xususan, giyohvand moddalar savdosi, terrorizm, bolalar pornografiyasini tarqatish, firibgarlik va jinoyatchilikning boshqa bir qator sohalarida ishtirok etishda gumon qilinmoqda. Shu bilan birga, Fransiya hukumati tadbirkorning hibsga olinishiga izoh bermadi.

Parij prokuraturasi 26 avgust dushanba kuni matbuot uchun bayonot e’lon qiladi. Rossiyaning Fransiyadagi elchixonasi esa Fransiya hukumatidan Pavel Durovning oldiga konsullik xodimlarini kiritishni talab qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Telegram kompaniyasi Durov hibsga olinishiga munosabat bildirdi