
Foto: Instagram
Frantsiya prokuraturasi Telegram asoschisi Pavel Durovni 12 ta jinoyatda ayblamoqda. Bu haqda prokuratura press-relizi bilan tanishgan «Novaya gazeta Evropa» xabar berdi.
Xususan, unga quyidagi ayblovlar qoʻyilgan:
- uyushgan guruhlarning noqonuniy operatsiyalarini amalga oshirish uchun onlayn-platformani boshqarishda ishtirok etish;
- huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabiga binoan tergovni oʻtkazish va undan foydalanish uchun zarur boʻlgan ma'lumotlar yoki hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortish;
- voyaga etmaganlar pornografik kontentini saqlashda ishtirok etish;
- voyaga etmaganlarning pornografik tasvirlarini uyushgan guruh tomonidan tarqatishda ishtirok etish;
- giyohvand moddalarni tarqatishda ishtirok etish;
- hakerlik hujumlari bilan bogʻliq kiberjinoyatlarga sheriklik;
- uyushgan jinoiy guruhlarning firibgarlik faoliyatiga sheriklik;
- kamida besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadigan jinoyatlarni sodir etish maqsadida uyushgan guruh tuzish;
- uyushgan jinoiy guruh faoliyatidan olingan pul mablagʻlarini legallashtirish;
- majburiy deklaratsiyalarsiz, maxfiylikni ta'minlashga qaratilgan kriptografik xizmatlarni taqdim etish;
- maxfiylikni ta'minlash uchun zarur boʻlganidan tashqari kriptografiya vositalarini noqonuniy taqdim etish;
- maxfiylikni ta'minlash uchun zarur boʻlganidan tashqari kriptografik vositalarni noqonuniy import qilish.
Qayd qilinishicha, Durovga nisbatan tergov 8 iyulda boshlangan. U 28 avgustgacha hibsda qoladi, shundan soʻng, prokuratura unga nisbatan ayblov e'lon qilishi yoki ozod etishi shart.
FrantsiyaPavel DurovJinoyat AyblovlariTelegram AsoschisiKiberjinoyatHuquqni Muhofaza O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar