Foto: AP
Ukraina rahbari sentyabr oyida AQSH prezidenti Jo Baydenga Rossiya bilan urushning yangi rejasini ko‘rsatmoqchi ekanligini hamda uni prezidentlikka nomzodlar Donald Tramp va Kamala Harrisga yetkazishni to‘g‘ri deb bilishini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevda “Ukraina uchun g‘alaba rejasi” mavjud.
“Men tafsilotlarni ochiqlamayman, reja tayyor. Menimcha, bu rejani birinchi navbatda AQSH prezidentiga taqdim qilsam adolatli bo‘lardi. Mazkur rejaning muvaffaqiyati, ular bizga rejadagi narsani beradimi yoki yo‘qmi, biz ushbu rejadagi narsalarni ishlatishda erkin bo‘lamizmi yoki yo‘qmi prezidentga bog‘liq”, deydi Zelenskiy Butun Ukraina telemarafonida efirga uzatilgan matbuot anjumanida.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish tashabbusi bilan chiqqandi. Unga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari Rossiyaning yangi hududidan olib chiqib ketilganidan keyin Moskva zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatadi va muzokaralarga tayyorligini e’lon qiladi.
“Bundan tashqari, Kiyev NATOga qo‘shilish va demilitarizatsiya va denatsifikatsiyani amalga oshirish niyatidan voz kechishini e’lon qilishi, shuningdek, neytral, qo‘shilmaslik va yadrosiz maqomni qabul qilishi kerak”, deya qo‘shimcha qilgan Putin.
Rossiya rahbari, shuningdek, Rossiyaga qarshi sanksiyalar bekor qilinishini talab qilgan.
Ukraina armiyasining Kursk viloyatiga qilgan hujumidan so‘ng Putin “tinch aholiga, fuqarolik infratuzilmasiga zarbalar bergan yoki atom energetikasi obyektlariga tahdid yaratishga urinayotganlar bilan muzokaralar olib borishning iloji yo‘q”ligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”