Polisiya qurolsiz afroamerikalikni otib o‘ldirishi bilan bog‘liq voqeadan keyin Shimoliy Kaliforniyada norozilik namoyishlari boshlandi, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.
Sharlott shahri aholisi Lamont Skottning o‘ldirilishiga qarshi ko‘chalarga chiqqach, polisiya ularni tarqatish uchun ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llashga majbur bo‘lmoqda.
43 yoshli afroamerikalikning o‘ldirilishi voqeasi seshanba kuniga o‘tar kechasi ro‘y bergandi. Polisiya shahar shimoli-sharqida reyd o‘tkazayotganida, avtomobildan tushib kelgan qora tanli yigitni ko‘rgan. Ularga bu shaxsning qo‘lida avtomat bordek ko‘ringan.
Polisiya hisobotida "zobitga mavjud o‘lim xavfini bartaraf etish uchun" o‘t ochilgani qayd etilgan.
Polisiyachilar bu erkakka birinchi yordamni ko‘rsatishga urinishgan, ammo shifoxonada uning o‘limi qayd etilgan.
Marhumga o‘t ochgan polisiyachi ham qora tanli ekani qayd etilgan.
WSOCTV telekanali xabariga ko‘ra, Skottning oilasidagilar uning qurol olib yurmasligini, o‘sha vaqtda u o‘z o‘g‘lini maktabdan olib ketish uchun kutib turgan bo‘lganini aytishgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar