Foto: Getty Images
Ukraina sentyabr oyida Qo‘shma Shtatlarga o‘z g‘alabasiga erishish rejasini taqdim etadi, dedi prezident Volodimir Zelenskiy matbuot anjumanida.
«Kursk viloyati bizning rejamizga kiritilgan - Ukraina g‘alabasi rejasiga. Bu ba’zilar uchun juda ambitsiyali tuyulishi mumkin, ammo biz uchun bu muhim rejadir», dedi u.
Rejaning ikkinchi yo‘nalishi – «Ukrainaning jahon xavfsizlik infratuzilmasidagi strategik o‘rni», uchinchisi – «Rossiyani urushni diplomatik yo‘l bilan tugatishga majburlashning kuchli paketi», to‘rtinchisi esa «iqtisodiy», deb davom etdi Zelenskiy. Uning aniqlik kiritishicha, reja birinchi navbatda Amerika prezidenti Jo Baydenga ko‘rsatiladi. Keyin esa vitse-prezident Kamala Harris va respublikachi nomzod Donald Trampga yetkaziladi.
Bundan tashqari, Kiyev ikkinchi tinchlik sammiti rejasini tayyorlashni rejalashtirmoqda. Ukraina prezidenti Moskvadan delegatsiya taklif qilishga tayyorligini sammitning boshqa ishtirokchilari pozitsiyasi bilan izohladi: «Aks holda biz ikkinchi sammitda ko‘p sonli davlatlarni yo‘qotishimiz mumkin». “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”