Foto: Getty Images
28 avgust, chorshanba kuni kechqurun «Dojd» telekanali xabariga ko‘ra, 90 dan ortiq hindistonlik Ukrainada Rossiya tomonida jang qilish masalasida aldanib qolgan, ulardan kamida sakkiz nafari halok bo‘lgan va jasadlari hali ham o‘z vatanlariga qaytarilmagan. Telekanal bu haqda Hindiston parlamenti deputati Vikramjit Singx Sahnaybga tayanib ma’lum qildi.
Deputatning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bilan urushga borib qolgan Hindiston fuqarolarining aksariyati ish bilan ta’minlash bahonasida Rossiyaga taklif qilinib, keyin esa tarjimonlarsiz Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashga majbur bo‘lmoqda. Shu bilan birga, odamlar ko‘pincha o‘sha joyga yetib borganidan keyingina frontda ekanini tushunadi.
«Dojd» telekanali Ukrainada o‘ldirilgan hindistonliklardan biri Ravi Munning ota-onasi bilan bog‘landi va ular o‘g‘lini Rossiya transport kompaniyalaridan biriga joylashtirishga va’da berganliklarini aytishdi, biroq Rossiyaga kelganidan so‘ng Mun oilasi bilan frontdan turib bog‘langan.
Iyul oyida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Moskvaga tashrifi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi chog‘ida Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolagan hindistonliklarni demobilizatsiya qilish va yangi yollashlarning oldini olish borasida savollarni ko‘targan edi. Putin ikkala masalani hal qilishda yordam haqida va’da berdi, biroq bu hali ham Ukrainada jang qilayotgan hindlarning holatiga ta’sir qilmadi, deya ta’kidlaydi «Dojd». “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»