11:48 / 30.08.2024
145

81 yoshli germaniyalik millioner 26 yoshli rossiyalik qizga uylandi

81 yoshli germaniyalik millioner 26 yoshli rossiyalik qizga uylandi
Germaniyalik tadbirkor Alina ismli rossiyalik ayolga uylandi, deya xabar bermoqda Bild. Ma’lum bo‘lishicha, qiz Sankt-Peterburg va Moskvada tahsil olgan.

Xorst-Dieter Esh 1970 yillarda GFRda qurilish mashinasozligi sohasida muvaffaqiyatli biznes yaratgan. U IBH-Holding konsernini tashkil etgan, ammo keyinchalik bankrot bo‘lgan, hatto qamoqqa ham tushgan. 1980 yillarda u AQSHga ko‘chib ketib, u yerda Nyu Yorkda Wilhelmina International modellik agentligini tashkil etgan. Uning biznes hamkorlaridan biri Donald Tramp bo‘lgan. So‘nggi paytlarda Esh Meksikada istiqomat qilmoqda. Meksikada u hashamatli ko‘chmas mulk sotish bilan shug‘ullangan, ammo hozir nafaqaga chiqqan.

Yoshligida nemis tadbirkori Yugoslaviyadan kelgan qizga uylanadi va 1971 yilda Natasha ismli qizli bo‘ladi. Ammo tez orada er-xotin ajrashishadi. Yaqinda tadbirkor Alina ismli rossiyalik ayolga uylandi. May oyida Horst-Diter va Alinaning Marselina ismli qizi dunyoga kelgan.

Ular iyun oyida Kaliforniya shtatida joylashgan One and Only kurortidagi cherkovda turmush qurishadi. “Bu hayotimdagi eng muhim kun edi”, deydi Alina. Ma’lum bo‘lishicha, u Sankt-Peterburg va Moskvada tahsil olgan.

Alina badavlat oilaning qizi, shu sabab u uchun moliyaviy ahvolim ahamiyatga ega emas. Ota-onasining uyida qanday erkalashgan bo‘lsa, men ham unga xuddi shunday g‘amxo‘rlik qilishga harakat qilaman. Bizning sevgi munosabatlarimiz kuchli va pulga bog‘liq emas”, deydi Esh.

Hozirda er-xotin Yevropadan uy sotib olmoqchi. Masalan, Myunxenning janubidagi Alp ko‘li yaqinida yoki Avstriyadagi Kitsbyuyel chang‘i kurortidan. Ular bahordan kuzgacha u yerda olti oy yashashni va qishda Meksikaga qaytishni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 81 yoshli germaniyalik millioner 26 yoshli rossiyalik qizga uylandi