Evrokomissiyada evropalik abonentlar uchun rouming uchun qo‘shimcha xarajatlar bekor qilinishi ma’lum qilindi. Evrokomissiya vakillari Evropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasidagi mobil aloqa roumingini bekor qilishga kelishib oldilar, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligiga asoslangan holda "Kun" nashri. Qaror 2017 yil iyunidan kuchga kiradi.
"Evrokomissiya 2017 yil 15 iyundan rouming uchun xarajatlarga chek qo‘yuvchi qarorga keldi. Yangi yondashuv suiiste’mol qilish holatlariga nisbatan operatorlar uchun mustahmkam himoya mexanizmini ta’minlaydi", deb aytdi raqamli iqtisodiyot va jamiyat bo‘yicha evrokomissar Gyunter Ettinger.
Ettingerning aytishicha, hujjatning yakuniy qabul qilinishi joriy yilning 15 dekabrida yuz berishi kerak. Ta’kidlanishicha, rouming uchun xarajatlar Evropa Ittifoqining boshqa davlatiga bormoqchi bo‘lgan fuqarolari uchun bekor qilinadi. Boshqa sayyohlar ularning milliy operatorlari rouming uchun belgilaydigan qo‘shimcha haqni to‘lashda davom etaveradilar. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar