Foto: WireImage
Amerikalik milliarder Ilon Mask Qo‘shma Shtatlar tezlik bilan inqirozga yaqinlashayotganini va bunga inflyatsiyaning o‘sishiga olib keladigan haddan ortiq xarajatlar sabab bo‘layotganini ma’lum qildi.
Shu tariqa Mask X ijtimoiy tarmog‘idagi foydalanuvchining AQSH rasmiylari 2035 yilga borib mamlakat davlat qarzini yana 16 trillion dollarga oshirishni rejalashtirayotgani haqidagi postiga javob qaytargan.
“Hukumat xarajatlarining hozirgi sur’atida Amerika tezlik bilan bankrotlikka yaqinlashmoqda”, deb yozgan Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Avvalroq AQSH Kongressining Budjet byurosi o‘z hisobotini e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, 2034 yilga borib AQSHning davlat qarzi 50,7 trillion dollarga yoki mamlakat yalpi ichki mahsulotining 122 foiziga oshadi. Shuningdek, AQSH budjeti taqchilligi 2024 yilda 1,9 trillion dollarni tashkil etadi va 2034 yilga kelib 2,8 trillion dollarga yetadi.
AQSHda so‘nggi yillarda ijtimoiy ta’minot va sog‘liqni saqlash sohasiga davlat yordami hajmi ortgan. Mamlakatda foiz stavkalari muntazam oshib bormoqda. Bu holatlar esa mamlakat moliyasi uchun og‘irlik qilmoqda.
Demokratlar ham, Respublikachilar ham milliy qarz haqida xavotir bildirgan. AQSH hukumati bunday og‘ir sharoitda ijtimoiy xarajatlarni qisqartirish yo‘lidan borishi mumkinligi taxmin qilingan. Chunki mamlakatdagi ko‘p sonli keksalar hamda nogironlik nafaqasini oluvchilar davlat budjetining katta ulushini o‘zlashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»