19:45 / 31.08.2024
61

Qo‘shma Shtatlar F-16 texniklarini Ukrainaga yuborishdan bosh tortdi

Qo‘shma Shtatlar F-16 texniklarini Ukrainaga yuborishdan bosh tortdi
Foto: Shutterstock
AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati xavfsizlik nuqtayi nazaridan Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlari va boshqa harbiy texnikani saqlash uchun amerikalik mutaxassislarni yuborishdan bosh tortdi. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) manbalarga tayanib xabar berdi.

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, AQSH Milliy xavfsizlik kengashi texnik xodimlarni yuborishni o‘ta xavfli deb hisoblagan, chunki Rossiya “Ukrainadagi amerikalik pudratchilarni nishonga olishi” mumkin, bu esa mojaroning kuchayishiga tahdid soladi.

Oq uy Yevropa davlatlari F-16 ni saqlab qolish uchun barcha mas’uliyatni zimmasiga olishiga umid qilmoqda. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar kelajakda o‘z mutaxassislarini yuborishni istisno qilmagan.

Biroq ular hozir u yerga bormaydilar”, deydi manbalar WSJ'ga.

Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Shon Savettga ko‘ra, mazkur masala ko‘rib chiqilmoqda, ammo hozircha hech qanday qaror qabul qilinmagan.

Iyul oyi oxirida Ukraina va’da qilingan 80 ta F-16 qiruvchisidan oltitasini olgan edi. Nashrning ta’kidlashicha, ularni fuqaro texniklarisiz ish tartibida saqlash murakkab.

Joriy haftada Ukraina birinchi F-16 qiruvchi samolyotini yo‘qotgani va uchuvchi Aleksey Mesning o‘limi haqida xabar berilgan edi. Samolyot halokati va uchuvchi halok bo‘lganini Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi tasdiqlagan.

CNN telekanaliga ko‘ra, Mes va yana bir uchuvchi Andrey Pilshchikov Ukrainaning F-16 qiruvchi samolyotlarini olish kampaniyasining yuzi bo‘lgan. Pilshchikov 2023 yilda mashg‘ulot parvozi vaqtida halokatga uchragan. Mashg‘ulotlar vaqtida CNN telekanaliga bergan intervyusida Aleksey Mes u va boshqa ukrainalik uchuvchilar mashg‘ulotlarning qisqartirilgan versiyasidan o‘qishlari kerakligini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qo‘shma Shtatlar F-16 texniklarini Ukrainaga yuborishdan bosh tortdi