Foto: RIA Novosti
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar muxoliflari bunday yondashuv oqibatlarini tushunishlari kerak, deya Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov RT telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir yarim yil oldin muzokaralar mavzusiga to‘xtalib o‘tgan edi, u biz bunga qarshi emasmiz, deb aytgan. Qarshi bo‘lganlar qancha vaqt kechiktirsa, shunchalik qiyin bo‘lishini tushunishlari kerak”, dedi Lavrov.
Uning qayd etishicha, Istanbulda Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan ko‘p o‘tmay bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida kelishuvga erishish juda oson bo‘lgan, biroq Ukraina buni istamagan.
Moskva muzokaralarga tayyor ekanini bir necha bor bildirgan, biroq Kiyev ularga qonunchilik darajasida taqiq joriy qilgan.
Iyun oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish tashabbuslari bilan chiqqan edi. Unga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari Rossiyaning yangi hududlaridan olib chiqib ketilgandan so‘ng Moskva zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatadi va muzokaralarga tayyorligini e’lon qiladi.
Bundan tashqari, uning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev NATOga a’zo bo‘lish va demilitarizatsiya va denasifikatsiyani amalga oshirish niyatidan voz kechishini e’lon qilishi, shuningdek, neytral, qo‘shilmaslik va yadrosiz maqomni qabul qilishi kerak. Davlat rahbari Rossiyaga qarshi sanksiyalar bekor qilinishini ham eslatib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»