49
Rossiyada Markaziy Osiyo davlatlari vakillariga fuqarolik berishni to‘xtatish taklif etildi
Foto: RIA Novosti
Rossiya Davlat dumasi deputati, «Spravedlivaya Rossiya» fraksiyasi rahbari Sergey Mironov Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarga Rossiya fuqaroligini berishga vaqtinchalik moratoriy kiritishni taklif qildi, deb yozdi «Parlamentskaya gazeta».
Parlament a’zosi «Spravedlivaya Rossiya» 2022 yilda ham xuddi shunday tashabbus bilan chiqqanini eslatdi. Endi keskinlashgan migratsiya muammolari qonunchilarning diqqat markazida ekan, bu masalani ko‘rib chiqishga qaytish kerak, deb hisoblamoqda u.
Mironov so‘zlariga ko‘ra, davlat «ishchilarni ommaviy pasportlashtirish»ga qarshi turishi va milliy xavfsizlik sohasidagi o‘z manfaatlarini Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisiga Rossiya fuqaroligini berishga moratoriy joriy etish yo‘li bilan himoya qilishi kerak.
«Hech bo‘lmaganda 2026 yilgacha. Shu vaqt ichida qonunchilikni tartibga solish, migratsiya xizmatini isloh qilish, uni poraxo‘rlardan tozalash, shuningdek, avval berilgan pasportlarning qonuniyligini tekshirish mumkin», dedi deputat.
Avvalroq «Spravedlivaya Rossiya» va Liberal-demokratik partiyasi deputatlari Rossiyada migratsiya qonunchiligini keskinlashtirish va migrantlar huquqlarini cheklashga qaratilgan qator qonunchilik tashabbuslarini ilgari surgan edi. Parlament a’zolari, xususan, migrantlarga oilasini Rossiyaga olib kelishni, 100 ming rubldan oshiq maosh bilan kuriyer bo‘lib ishlashni, yaqinda Rossiya fuqaroligini olganlarga travmatik qurol sotib olishni taqiqlashni taklif qildi.
Bundan tashqari, harbiy xizmatda ro‘yxatdan o‘tmaganlarni Rossiya fuqaroligidan mahrum qilish, shuningdek, migrantlarni vataniga qaytish chiptasi uchun naqd pulda avans berishga majburlash taklif etildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»