Foto: Ukraina prezidenti Telegram kanali
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vazirlar mahkamasi va prezident ofisidagi kadrlar o‘zgarishi sababini aytdi.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, kuz Ukraina uchun nihoyatda muhim bo‘ladi. Shu sababli hukumatdagi ayrim yo‘nalishlarni kuchaytirish, kadrlar bo‘yicha qarorlar tayyorlash zarur. Ayrim siyosiy yo‘nalishlar boshqalariga qaraganda ko‘proq ahamiyatga ega.
"Birinchidan, markaziy hokimiyat bilan mahalliy jamoalar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarur. Ayniqsa, hozir qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rilayotgan paytda bu juda muhim. Ikkinchidan, Ukraina mudofaa sanoatida allaqachon sezilarli yutuqlarga erishgan", dedi Zelenskiy.
Uchinchi yo‘nalish NATO bilan hamkorlikni kuchaytirish hisoblanadi. Prezidentga ko‘ra, bu maqsadga erishishda maxsus o‘zaro aloqalar o‘rnatish lozim. To‘rtinchi yo‘nalish esa Yevropa Ittifoqiga a’zolik bo‘yicha amaliy muzokaralar olib borish.
"Bu huquqiy va siyosiy jihatdan juda aniq ish. Buning uchun shaxsiy javobgarlik bo‘ladi. Beshinchisi — Ukraina sheriklar bilan munosabatlarda erishgan barcha narsalarni birlashtirish kerak", dedi Zelenskiy.
U bir vaqtning o‘zida axborot, madaniy va diplomatik ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish zarurligini aytdi.
"Hozirda Ukraina hukumat institutlariga yangi kuch-quvvat berish payti keldi va men yordam berayotgan barcha insonlarga minnatdorlik bildiraman", dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»