07:27 / 05.09.2024
50

Nvidia bir kunda deyarli 300 milliard dollar yo‘qotdi

Nvidia bir kunda deyarli 300 milliard dollar yo‘qotdi
Foto: Justin Sullivan/Getty Images
Sun’iy intellekt chiplari bozoridagi eng katta o‘yinchi - Nvidia korporatsiyasi aksiyalari narxi pasayishi oqibatida bir kunda deyarli 300 milliard dollar yo‘qotdi. Bu haqda «Kommersant» yozdi.

Biroq, nisbiy nuqtayi nazardan, qimmatli qog‘ozlar narxi unchalik ko‘p emas, taxminan 10 foizga arzonladi. Tahlilchilar bunday qulashni monopoliyaga qarshi idoralarning harakatlari bilan izohlamoqda. Avvalroq, AQSH Adliya vazirligi kompaniyaga so‘rov yubordi. Unda kompaniyaning o‘z mijozlariga boshqa ta’minotchilar xizmatidan foydalanishga ruxsat bermasligi haqida ma’lumot so‘ralgan. Qayd qilinishicha, Nvidia sun’iy intellekt chiplari bozoridagi eng yirik o‘yinchi bo‘lib, ko‘plab ishlab chiquvchilar bevosita kompaniyaga qaram bo‘lib qolgan.

Amerika qonunchiligiga ko‘ra, korporatsiya bozorda deyarli yagona o‘yinchiga aylanadigan miqyosga erisha oladi, ammo keyin u bozorni monopoliyaga aylantirib olish uchun harakatlar qilish huquqiga ega emas. Ya’ni, u, qoida tariqasida, raqobatchilar paydo bo‘lmasligi uchun harakat qila olmaydi.

Avvalroq, sun’iy intellekt sohasi kompaniyalari katta zarbaga uchragan edi. Amerika S&P 500 va NASDAQ indekslari (katta texnologiya korporatsiyalarda salmoqli ulushga ega) mos ravishda 2 foiz va 3 foizga pasaydi. Bozordagilar buni sun’iy intellektdan umidlar, investorlarning taxminlari ro‘yobga chiqmayotgani bilan izohlamoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nvidia bir kunda deyarli 300 milliard dollar yo‘qotdi