19:04 / 08.09.2024
29

Rossiyada Morgenshternga nisbatan jinoiy ish ochildi

Rossiyada Morgenshternga nisbatan jinoiy ish ochildi
Foto: Moskva News Agency
Rossiyada reper Alisher Morgenshternga nisbatan “xorijiy agent” (Rossiya Jinoyat kodeksining 330.1-moddasi 2-qismi) vazifasini bajarmagani uchun jinoiy ish ochildi. Bu haqda huquq-tartibot idoralariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ushbu modda bo‘yicha eng minimal jazo 300 ming rublgacha (3300 dollardan ziyod) jarima, maksimali esa ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilishdir. Morgenshtern uzoq vaqt davomida o‘zining Telegram va YouTube kanallarida maxsus “xorijiy agent” belgisiz materiallar chop etib kelgani aytilmoqda.

Avvalroq prokuratura reperga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishni talab qilib, Morgenshtern yil davomida ikki marta “xorijiy agent” qoidalarini buzgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgani, biroq ijtimoiy tarmoqlardagi postlariga hech qachon belgi qo‘yishni boshlamaganini aytgandi.

Rossiyada 2022 yil may oyida Morgenshtern “xorijiy agent” sifatida tan olindi. Bunga uning blogerlarni targ‘ib qiluvchi Yoola Labs Ltd. kompaniyasidan (YouTube hamkor tarmog‘i) olgan mablag‘lar evaziga go‘yoki amalga oshirgan siyosiy faoliyati sabab bo‘ldi.

Hozirgi paytda Alisher Morgenshtern Rossiyadan tashqarida bo‘lib, yaqinda bergan intervyusida mamlakatga qaytish niyati yo‘qligini aytgandi.

Rossiyadagi xalq meni sevadi. Meni faqat hokimiyatdagi bir nechta odam yoqtirmaydi. Negaligini hali-hanuz tushunmayman. Menga nisbatan nafrat bilan to‘lib-toshgan badkirdorlar ham bor. Ammo ular shunchalik ta’sirga egaki, agar xohlasalar, Rossiyada qamalishim mumkin”, degan u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada Morgenshternga nisbatan jinoiy ish ochildi